3517 nafar bemordan 282 nafari og‘ir ahvolda
Shu yilning 24-avgust kuni mamlakatimizda 402 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 3 nafar, jami 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Namangan, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo, Farg‘ona hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 564 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 39 348 nafar bemordan 35 551 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 90 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 517 nafar bemordan 282 nafari og‘ir, 132 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter