Xayr, Inesta!
![Xayr, Inesta!](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/720_460_95_2087861370.jpg)
Bir necha daqiqa avval «Barselona» sport bazasida jamoa sardori Andres Inesta ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
«Bu mening «Barselona»dagi so‘nggi mavsumim», — dedi futbolchi.
Shunday qilib, ispan futbolining yorqin yulduzi La Liganing ushbu mavsum doirasidagi beshta o‘yinidan so‘ng Kataloniya klubini tark etadi.
![](http://static.xabar.uz/uploads/1/720__gO1VoDV1rPgTccpM9TygrwajAAqCgmw_.jpg)
Ta’kidlash joizki, Andres Inesta «Barselona» safida 17 yil davomida to‘p surdi va dunyoning eng sovrindor (35ta) futbolchilaridan biriga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter