Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada sanitariya cheklovlarini buzganlar o‘likxona mashinalarida «sayr» qildirildi

Indoneziyada sanitariya cheklovlarini buzganlar o‘likxona mashinalarida «sayr» qildirildi

Foto: «Xabar 24»

Indoneziyaning Proboligo shahrida (Sharqiy Yava viloyati) mahalliy hokimiyat koronavirus tufayli joriy etilgan sanitariya cheklovlarini buzganlarni koviddan vafot etganlarni tashigan katafalklar (o‘likxona mashinalari)da sayr qildirdi. Bu haqda «The Jakarta Post» yozmoqda.

Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha hukumat maxsus guruhi rahbari Ugas Irvantoning aytishicha, mahalliy bozorlardan birida himoya niqoblarini taqishni istamagan qariyb 50 nafar sotuvchi va xaridor aniqlanganidan so‘ng «tarbiyaviy ishlar bo‘yicha suhbat o‘tkazishdan ko‘ra» ishonchliroq vositani qo‘llashga to‘g‘ri kelgan.

«Tartibbuzarlarga saboq bo‘lsin deb ular COVID-19 dan o‘lganlarning xoklari tashilgan mashinalarda sayr qildirildi», — dedi Irvanto.

«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, Indoneziya koronavirusni yuqtirish holatlari bo‘yicha Osiyoda 9-o‘rinda turibdi: jami kasallanganlar soni — 196 989 nafar. 8 130 nafar bemor vafot etgan, ayni paytda 48 ming nafardan ziyod bemor davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring