Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imtiyozli loyihalar majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi

Imtiyozli loyihalar majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi

Foto: «aenoa.com»

Imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Qaror bilan bozorda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, faol tadbirkorlik rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, insofli raqobat prinsiplari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida tegishli tartiblar belgilandi.

Shuningdek:

a) imtiyozlar berishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi shart. Bunda ushbu loyihalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladigan ekspertizalarning boshqa turlari bir vaqtda o‘tkaziladi;

b) ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasiga so‘ralayotgan imtiyozlar bo‘yicha asoslantirish va tegishli hisob-kitoblar majburiy tartibda ilova qilinadi, ularda loyihaning maqsadi, amalga oshirish muddati, kiritilayotgan investitsiya va eksport hajmi, yangidan tashkil etiladigan ish o‘rinlari soni, yaratilayotgan yoki joriy etilayotgan innovatsion mahsulot, texnologik yangiliklar, progressiv ilmiy izlanishlarning aniq natijalari, ishlab chiqarish, ishlar (xizmatlar, soliq tushumlari, imtiyozlarning hisoblangan summasi va boshqalar) hajmining o‘sishi ko‘rsatiladi. Ushbu hujjatlarda:

  • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan istiqbolli rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, imtiyozlar va preferensiyalarning alohida tarmoqlar, faoliyat sohalari va hududlarga ta’siri;
  • berilayotgan imtiyozlar va preferensiyalarning budjet va jamiyat uchun samaradorligi;
  • ularning raqobat muhitiga va tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring