Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imron Xonni hibsga olishga kelgan politsiyachilar qattiq qarshilikka uchradi

Imron Xonni hibsga olishga kelgan politsiyachilar qattiq qarshilikka uchradi

Pokistonda sobiq bosh vazir Imron Xonni hibsga olish uchun uning qarorgohiga politsiyachilar kelishdi.

Avvalroq Islomobod sudi siyosatchini hibsga olish uchun order bergandi. Chunki Imron Xon chet ellik davlat rahbarlaridan olingan sovg‘alarni sotganligi bo‘yicha ish ko‘rilayotgan sud majlisiga ko‘rsatma berishga kelmayotgandi.

Shundan so‘ng Islomobod politsiyasi siyosatchini hibsga olishini, bunga to‘sqinlik qilganlarga chora ko‘rilishini rasmiy bayonotida ma’lum qildi. Sobiq bosh vazir ushbu bayonotga ijtimoiy tarmoqlar orqali «Agar Islomobodga boradigan bo‘lsam, o‘z oyoqlarim bilan boraman», deb javob berdi.

Keyinroq tarqalgan videolarda uni olib ketish uchun kelgan politsiyachilarga Imron Xonning tarafdorlari qattiq qarshilik ko‘rsatgani aks etgan, politsiya qarorgohga kirolmagan.

O‘tgan yil aprelida Pokiston parlamenti Imron Xonni bosh vazirlikdan chetlatgandi. Shundan so‘ng Pokiston musulmonlar ligasi yetakchisi Shahboz Sharif bosh vazir bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring