Imron Xon o‘rniga Shahboz Sharif nomzodi ko‘rsatildi

«Pokiston musulmonlar ligasi-Navoz» partiyasi yetakchisi Shahboz Sharif Pokiston bosh vazirligi uchun muxolif partiyalarning yagona nomzodi sifatida ko‘rsatildi, deb xabar berdi «ARY News».
Boshqa nomzodlar ham ilgari surilishi kutilmoqda.
Milliy assambleya (parlament) yangi bosh vazir saylovini 11-aprelga belgilagan.
Ishonchsizlik votumi uchun 342 deputatdan 174 nafari ovoz berganidan so‘ng bosh vazir Imron Xon iste’foga chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter