Imom al-Buxoriyda halol standartidagi 4 yulduzli mehmonxona quriladi
Joriy yilning 3-avgust kuni AQShning «GMFR-AL-BUKHARIY» kompaniyasi prezidenti Dilovar G‘ulom Imom Al-Buxoriy majmua hududida 4 yulduzli mehmonxona qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida qatnashdi. Bu haqda Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatiga tayanib «Zarnews» xabar berdi.
Mehmonxona 3 qavatli, 100 o‘rinli xonadan iborat bo‘ladi. U xalqaro halol standarti asosida quriladi.
Bundan tashqari, mehmonxonada restoran, bar va konferensiya zali bo‘ladi.
Tamal toshini qo‘yish marosimida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari B.Nurullayev va Payariq tumani hokimi D.Musinov ham ishtirok etishdi.
«GMFR-AL-BUKHARIY» kompaniyasi prezidenti Dilovar G‘ulom uni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirib, uning ota-bobolari aynan shu zaminda yashaganligi sababli, u bu yerda mehmonxona qurishdan juda baxtiyorligini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter