Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Iltimos, sizni jazolashga majbur qilmang» - IIV fuqarolarga murojaat qildi

«Iltimos, sizni jazolashga majbur qilmang» - IIV fuqarolarga murojaat qildi

Foto: «Xabar.uz»

Ichki ishlar vazirligi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.

Vazirlikning "Telegram’dagi rasmiy kanaliga joylantirilgan videomurojaatda keyingi vaqtlarda karantin cheklovlari yumshatilib, ko‘pgina tashkilot va korxonalarga, tadbirkorlarga ish yuritishga sharoit yaratilib, odamlarga ko‘chaga chiqishiga imkonyati havola etildi. Biroq fuqarolarimiz bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, xavfli yuqumli kasallikdan butunlay xalos bo‘ldik degan tushuncha bilan, karantin qoidalariga bepisand munosabatda bo‘la boshladilar. Bozorlarimizda, savdo nuqtalarimizda ijtimoiy masofa saqlanmayapti, fuqarolar tibbiy niqobni ko‘p kunlar, hattoki xaftalar davomida almashtirmasdan taqmoqdalar, ko‘chaga niqobsiz chiqish holatlari kuzatilmoqda.

Transportda yurish cheklovlariga rioya etilmayapti.

Videomurojaat qayd etilishcha, bugunga kelib, kasallik aniqlangan fuqarolar soni 3 440 tadan oshgani, ulardan deyarli 20 foizi hali tuzalmagan. Shu paytgacha kasallikdan 14 kishi vafot etdi, 4 kishining ahvoli og‘ir. Bundan tashqari 46 ming 600 dan ziyod fuqaro karantinda qolmoqda, koronavirusga chalingan 127 nafar bemorning kasallik yuqtirgan manbasi hanuzgacha aniqlanmagan, kasal bo‘lganini hech kimga bildirmasdan yoki koronavirus infeksiyasini yuqtirganini bilmagan holda uy sharoitida davolangan bemorlar haqida ham ma’lumotlar mavjud.

Oxirgi vaqtlarda Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida koronavirus kasalligi aholi orasidan aniqlanayotgani, bu raqamlar har kuni ko‘payib borayotgani, oxirgi ikki kunda Toshkent shahrining o‘zida ularning soni 25 tani tashkil etgani fuqarolarning gigiyena qoidalari va belgilangan cheklovlarga bepisand bo‘lishlari natijasidir.

“Ichki ishlar organlari mutasaddi vazirlik va idoralarning xodimlari bilan birga kasallangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolarni aniqlash, ularni tezkorlik bilan karantinga olish bo‘yicha murakkab tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirmoqdalar. Unutmang, kasallik tashuvchi shaxslar o‘zlari bilmagan holda oramizda yurishi mumkin. Shuning uchun, avvalo, o‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi uchun niqobsiz yurmang, maqsadsiz ko‘chaga chiqmang, zarurat tug‘ilganda bozor yoki do‘konga tushsangiz, ijtimoiy masofani qat’iy saqlang.

Tartibni saqlab qolish bizning burchimiz, ogohlantirish esa vazifamizdir. Iltimos, sizni jazolashga bizni majbur qilmang. Hech kim yana bir necha oy uyda o‘tirgisi kelmayapti. Vaziyat bungacha borishiga yo‘l qo‘ymaslik o‘z qo‘limizda.”, deyiladi vazirlikning o‘zbekistonliklarga yo‘llangan videomurojaaatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring