Ilon Maskning Nobel mukofotiga nomzodi ko‘rsatildi
Norvegiyalik deputat amerikalik milliarder Ilon Maskni so‘z erkinligi himoyasiga qo‘shgan hissasi uchun Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi.
Daily Mail nashrining yozishicha, Norvegiya parlamenti deputati Marius Nilsen X kompaniyasi egasi va Tesla asoschisi nomzodini «so‘z erkinligini qat’iy himoya qilgani va borgan sari qutblanib borayotgan dunyoda o‘z fikrini ifoda eta olgani uchun» ilgari surganini aytdi.
«Mask asos solgan, egalik qilgan yoki boshqargan ko‘plab texnologiya kompaniyalari jamiyatni yaxshilashga, Yer va koinot haqidagi bilimlarni oshirishga hamda butun dunyo bo‘ylabni ta’minlashga qaratilgan. Ular dunyoni yanada xavfsizroq joyga aylantirishga yordam berdi», deydi Nilsen.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter