Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Maskni sudga berishdi

Ilon Maskni sudga berishdi

SpaceX kompaniyasining 2022 yilda ishdan bo‘shatilgan xodimlari milliarder Ilon Mask ustidan Kaliforniya sudiga da’vo arizasi berishdi.

AQSh kosmik texnologiyalar kompaniyasining sobiq xodimlari «mehnat sharoitlarini tanqid qilganliklari» va rahbariyatga shikoyat xati yozganliklari uchun ishdan bo‘shatilganini da’vo qilishmoqda.

Ularning ta’kidlashicha, shikoyat mualliflarining to‘rt nafari murojaat ko‘rib chiqish uchun rahbariyatga topshirilgandan so‘ng darhol, qolganlari esa ichki tekshiruv tugagandan so‘ng ishdan olingan.

Dalil sifatida Maskning ijtimoiy tarmoqdagi postlari kiritilgan, da’vogarlar uni sharmandali deb atashgan.

Ishdan bo‘shatilgan xodimlarning aytishicha, SpaceX’ning yomon ish muhiti haqidagi shikoyatlari ko‘pincha e’tiborga olinmagan. Da’vogarlar kompaniyadan «nohaq ishdan bo‘shatilgan» degan asosda moliyaviy kompensatsiya talab qilishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring