Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask Trampning Twitter’dagi akkauntini tiklash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi

Ilon Mask Trampning Twitter’dagi akkauntini tiklash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi

Twitter egasi Ilon Mask ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning akkauntini tiklash uchun ovoz berishga taklif qildi. U so‘rovnomani Twitter’dagi sahifasida e’lon qildi.

Mask foydalanuvchilarga sobiq Prezident Donald Trampning Twitter’dagi hisobini qayta tiklash kerakmi yoki yo‘q degan savol bilan murojaat qilgan.

Maqolani yozish vaqtida Trampning reabilitatsiya qilinishini ovoz berganlarning 63 foizi qo‘llab-quvvatlagan, 37 foizi qarshi chiqqan. Ovoz berish 24 soat davom etadi.

Mask o‘z murojaatida lotin tilidagi «Vox Populi, Vox Dei» iborasini qo‘shimcha qilgan. Bu «xalq ovozi – Xudoning ovozi», degan ma’noni anglatadi.

Ma’lumot uchun, Trampning Twitter akkaunti 2021-yilning 8-yanvarida butunlay to‘xtatilgan edi. Bu qaror respublikachilar tarafdorlari Kapitoliyda uyushtirgan tartibsizliklardan keyin qabul qilingan. Namoyish natijasida besh kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar hibsga olin edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring