Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask raketasining ilk parvozi noqulay ob-havo tufayli qoldirildi

Ilon Mask raketasining ilk parvozi noqulay ob-havo tufayli qoldirildi

Crew Dragon kosmik kemasini koinotga olib chiqishi lozim bo‘lgan Falcon 9 raketasining parvozi qoldirildi.

Parvoz kecha, 27 may sanasi, Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:33da bo‘lishi rejalashtirilgandi. Ammo noqulay ob-havo sharoiti rejani o‘zgartirishga majbur qildi. Bu vaqtda kosmodrom joylashgan hudud qalin bulut bilan qoplangan va kuchli yomg‘ir yoqqan.

Ilon Mask ishlab chiqqan raketaning parvozi endi 30 may, Toshkent vaqti bilan soat 05:22da amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring