Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask o‘zini «Mars imperatori» deb atadi

Ilon Mask o‘zini «Mars imperatori» deb atadi

SpaceX va Tesla rahbari Ilon Maskning «Twitter»dagi sahifasidagi biografiyada yangi yozuv paydo bo‘ldi - milliarder o‘zini «Mars imperatori» deb atagan.

Bu milliarderning o‘ziga o‘zi bergan ikkinchi «unvoni». Mask ilgari Amerikaning elektr transport vositalarini ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasining bosh direktori lavozimini Technoking, aniqrog‘i «Texnoqirol» deya o‘zgartirgan.

Jorj Martinning «Muz va olov qo‘shig‘i» va «Taxtlar o‘yini» filmlaridagi xayoliy nomlaridan so‘ng, Teslaning moliya bo‘yicha bosh direktori Zak Kirkxorn o‘z lavozimini Master of Coin deb o‘zgartirgandi. Mask va Kirkxornning yangi nomlanishlari Teslaning barcha rasmiy hujjatlarida aks etgan.

Avvalroq, Ilon Mask koronavirusga qarshi vaksina olishni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring