Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask nega vaksina qabul qilmasligini tushuntirdi

Ilon Mask nega vaksina qabul qilmasligini tushuntirdi

Foto: «Forbes.ru»

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask koronavirusga qarshi vaksina qabul qilmoqchi emas. «SpaceX» hamda «Tesla» asoschisi vaksina umumfoydalanishga chiqqanidan keyin ham fikrini o‘zgartirmaydi. Bu haqda «Daily Star» yozmoqda.

Milliarder COVID-19ga qarshi vaksinani oila a’zolariga ham ravo ko‘rmayapti. Uning ta’kidlashicha, bunga hojat yo‘q, ular xavfli guruhda emas.

«Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat insoniyatga bo‘lgan ishonchimni tubdan o‘zgartirib yubordi. Odamlar qanchalik ongsiz ekanliklariga guvoh bo‘ldim», — dedi o‘z qarorini izohlagan Mask.

Jurnalist Kara Svisherning koronavirusdan o‘limlar ko‘payib borayotganiga qanday qaraysiz degan savoliga Mask qisqa qilib «hammayam o‘ladi» degan.

Eslatib o‘tamiz koronavirusga qarshi umume’trof etilgan vaksina hozircha mavjud emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring