Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask Baydenga keskin javob qaytardi

Ilon Mask Baydenga keskin javob qaytardi

Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask AQSh prezidenti Jo Baydenning Kongressning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni istamasligi jinoiy beparvolik bo‘ladi, degan so‘zlariga izoh berdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.

Mask Baydenga keskin javob qaytardi va Rossiya bilan mojaroga barham berishga chaqirdi. «Bu qirg‘inbarotni to‘xtatish vaqti keldi», dedi u. Bu bir yil oldin amalga oshirilishi kerak edi, qayd etdi Mask.

Avvalroq Bayden «Kongressning Ukrainani qo‘llab-quvvatlamasligi jinoiy beparvolikka o‘xshaydi», degan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring