Ilon Mask g‘alati kelajakni bashorat qildi
Kelajakda odamlarning ishlashiga hojat qolmas ekan.
Milliarder Ilon Mask Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak bilan suhbatda sun’iy intellekt texnologiyalari odamlarni majburiy mehnatdan ozod qilishini ta’kidladi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, shunday paytlar keladiki, ishlash kerak bo‘lmay qoladi, faqat o‘z xohishingiz bilan, shaxsiy qoniqish uchun ishlashingiz mumkin bo‘ladi.
Mask, shuningdek, sun’iy intellekt kelajakda intellektual muammolarning aksariyat qismini odamlardan ko‘ra yaxshiroq hal qila olishini va jamiyat tuzilmasini o‘zgartirishini ta’kidladi.
Sunak Maskning fikriga qo‘shilmay, mehnat inson hayotiga ma’no berishini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter