Ilmiy xodimlarga uy qurish uchun imtiyozli yer uchastkalari berilishi mumkin

«Fan to‘g‘risida» qonun loyihasi Interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokamaga qo‘yilgani haqida xabar qilgan edik.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasida AQSh, Fransiya, Germaniya, Koreya, Rossiya kabi qator davlatlar tajribasi inobatga olingan.
8 bob va 42 moddadan iborat bo‘lgan qonun loyihasida ilmiy jamoatchilikni ijtimoiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlash nazarda tutilmoqda.
Masalan, falsafa doktori yoki fan nomzodi kabi unvonlarga ega bo‘lgan holda davlat muassasalarida ishlayotgan xodimlarga oylikdan tashqari eng kam ish haqining ikki va uch baravari miqdorida ustama haq to‘lanadi. Oylikdan tashqari to‘lanadigan ustamadan soliqlar olinmaydi.
Bundan tashqari ish staji 5 yildan kam bo‘lmagan ilmiy xodimlarga yashash sharoitini yaxshilash yoki uy qurish uchun imtiyozli ravishda yer uchastkalari berilishi ham qayd etilgan.
Qonun loyihasi muhokamada qatnashish uchun ushbu havolaga o‘tish lozim: https://regulation.gov.uz/uz/documents/2102
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter