Ilk bor barcha ayol tashqi ishlar vazirlari bir joyga yig‘ildi
Ayni paytda o‘z davlatida tashqi ishlar vaziri sifatida faoliyat olib borayotgan ayollar Kanadaning Montreal shahrida ilk marta yilig‘ishdi, deya xabar beradi «Hurriyet» nashri.
Kanada tashqi ishlar vaziri Kristia Frilend juma, 21 sentyabr kuni boshlangan ikki kunlik sammitda nutq so‘zlab, «bugungi dunyoning siyosiy manzarasida ayollar iqtisodiy, ijtimoiy, gumanitar muammolarni hal etishda muhim o‘rin tutishini» ta’kidladi.
Sammitda siyosat va rahbarlikda ayolning o‘rni, demokratiyani chuqurlashtirish, tinchlik va o‘zaro ishonchni targ‘ib etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Andorra, Bolgariya, Donimikan Respublikasi, Indoneziya, Gana, Guatemala, Janubiy Afrika, Xorvatiya, Gonduras, Shvetsiya, Keniya, Kosta Rika, Namibiya, Norvegiya, Panama, Ruanda va Saint Lusiadan jami 19 nafar ayol tashqi ishlar vazirlari qatnashishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter