Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ilhom» teatrida yong‘in ro‘y berdi

«Ilhom» teatrida yong‘in ro‘y berdi

Bugun, 12 dekabr kuni soat 03:34 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani «O‘rda» MFY  Paxtakor ko‘chasida joylashgan «Ilhom» teatri binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:39 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 03:58 da qurshab olingan va soat 04:00 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida teatr binosining 1-qavat xollining 80 kv.m maydonda ichki qismi va jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar sababli  yong‘indan binoning 600 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring