Ilhom Aliyev Rossiyadagi G‘alaba paradiga bormaydigan bo‘ldi
![Ilhom Aliyev Rossiyadagi G‘alaba paradiga bormaydigan bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/1/6/720_460_95_1641235686.jpg)
Moskvada 24-iyunga belgilangan G‘alaba paradida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev qatnashmaydi. Sababi — koronavirus pandemiyasi va karantin.
Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati «Aliyev bayramda qatnasha olmasligidan afsusda ekanligini» ma’lum qildi. Uning o‘rniga mamlakat nomidan mudofaa vaziri hamda 75 nafar harbiy qatnashadi.
Yaqinda Ilhom Aliyev va Vladimir Putin telefonda muloqotlashib, ikki tomonlama munosabatlar va koronavirus pandemiya bo‘yicha vaziyatni muhokama qilishgandi.
Shuningdek, Chexiya prezidenti Milosh Zeman ham 24-iyunda Moskvaga kela olmasligi ma’lum bo‘lgan. Bunga ham koronavirus pandemiyasi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter