Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oddiy askarlar o‘rtasida «Ilg‘or mutaxassis» musobaqasining yakuniy bosqichi boshlandi

Oddiy askarlar o‘rtasida «Ilg‘or mutaxassis» musobaqasining yakuniy bosqichi boshlandi

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

11-dekabr kunidan boshlab Markaziy harbiy okrugiga qarashli «Forish», Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining «Termiz» «Nuriston» hamda Toshkent harbiy okrugining «Chirchiq» poligonlarida aralash tarkibdagi harbiy qismlarda aniq mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanayotgan muddatli harbiy xizmat oddiy askarlari o‘rtasida «Ilg‘or mutaxassis» musobaqasining yakuniy bosqichi boshlandi.

O‘zbekiston armiyasida ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur musobaqa 21-dekabr kuniga qadar 20 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi. Ularda 230 nafarga yaqin muddatli harbiy xizmatchilar o‘zaro kuch sinashadi.

Musobaqalarning ochilish marosimlarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi hamda harbiy okruglar qo‘shinlari qo‘mondonliklari vakillari askarlarni qizg‘in qutlab, bahslarda mahorat va matonatlarini namoyish etishlarida zafarlar tilashdi.

Yakuniy bosqichdavomida askarlar test sinovlari va jismoniy tayyorgarlikdan nazorat mashqlarini topshiradi hamda mutaxassisligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini namoyish etishadi.

Ushbu tanlov muddatli harbiy xizmatchilarda jangovar tayyorgarlik va harbiy mahoratni muntazam oshirib borish, askarlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek, ularning mutaxassisliklari bo‘yicha bilimlarini takomillashtirish va malakalarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

So‘ngi yillarda milliy armiyani izchillik bilan isloh qilish va rivojlantirish davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar va kichik mutaxassislarni tayyorlash borasida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash joizki, bu yildan e’tiboran muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar bilan aralash tarkibdagi harbiy qismlarda alohida harbiy mutaxassisliklar bo‘yicha intensiv mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinyapti. 

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining boshida Sharqiy harbiy okrugiga qarashli «Farg‘ona» harbiy qism va dala-o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shin turlari, Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari o‘rtasida Qurolli Kuchlarda an’anaviy o‘tkazilayotgan eng katta ko‘rik-tanlov — «Eng ilg‘or mutaxassis»ning yakuniy bosqichi o‘tkazilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring