Ilgari Sirdaryoda qovun-tarvuz ko‘p edi — Shavkat Mirziyoyev
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Davlat rahbari viloyatning o‘ziga hos «tashrif qog‘ozi»ga aylangan qovun-tarvuz yetishtirishni yangicha yo‘nalishda olib borish lozimligini aytib o‘tdi.
— Ilgari Sirdaryoning yo‘llari bo‘yida qovun-tarvuz ko‘p edi, taxlanib yotardi. Sota olmasdik. Ammo hozir qani o‘sha hosil?
Biz xalqning turmush tarzini ko‘tarishni istar ekanmiz, qishloq xo‘jaligida aql bilan ish yurtishimiz shart. Yaxshi hosil olish uchun yaxshi nav bo‘lishi kerak. O‘zbekistonning qovuniga bo‘lgan talab xorijda yuqori, xozir ham
Yana bir marta qaytaraman, davlat emas, xalq boy bo‘lishi kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Amaldagi davlat rahbarining ta’kidlashicha, viloyatda 16 ming 200 gektar paxta va g‘alla maydonlarini ochiq tanlov asosida, aholiga 1 gektargacha uzoq muddatga ijaraga berish orqali, 35 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.
Mirzaobod va Sardoba tumanlarida 10 ming gektar g‘alladan bo‘shagan maydonda, «Oqoltin tajribasi» asosida takroriy ekin sifatida qovun-tarvuz yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter