Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikrom Aliboyev Janubiy Koreya klubi safiga o‘tdi

Ikrom Aliboyev Janubiy Koreya klubi safiga o‘tdi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekiston MTJ a’zosi Ikrom Aliboyev Janubiy Koreyaning «Seul» klubi bilan 2021-yilga qadar shartnoma imzoladi.

«Lokomotiv» yarim himoyachisi Ikrom Aliboyev joriy mavsum Superliganing 25ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayniqsa, uning O‘zbekiston U23 safida Osiyo chempionatida ko‘rsatgan o‘yini koreyaliklarda katta taassurot qoldirgan bo‘lsa, ajabmas. U o‘sha turnirda aynan Janubiy Koreya terma jamoasi darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgan edi.

— «Seul» klubi a’zosiga aylanganimdan xursandman. Ushbu klub boy tarixga, ajoyib infratuzilmaga va go‘zal stadionga ega. «Seul» klubining rasmiylari meni a’lo darajada kutib olishgani uchun ularga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. O‘z vaqtida «Seul»da Server Jeparov muvaffaqiyatli to‘p surgan. Men ham o‘z o‘yinlarim orqali klub tarixidan joy olmoqchiman», — deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Ikrom Aliboyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring