Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkita hokimlikka bittadan uy sovg‘a qilindi

Ikkita hokimlikka bittadan uy sovg‘a qilindi

Toshkent shahrining Uchtepa va Chilonzor tumani hokimliklariga bittadan 2 ta uy sovg‘a qilindi. Bu haqda tuman hokimlari tegishli hujjatlarni imzoladi.

Xususan, «KICHIK HALQA SH.D.A» xususiy uy-joylar mulkdorlari shirkati rahbari Uchtepa tumanidagi 14-mavze, 12-uy, 2-xonadonni o‘z ixtiyori bilan Uchtepa tumani hokimligi tasarrufiga topshirgan.

Shuningdek, Chilonzor tumani hududidagi «AST LIDER» MChJ o‘z ixtiyoriga ko‘ra uning tasarrufidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi, 66/8-uy, 58-xonadonni (3 xonali, umumiy maydoni 95,68 kv.mdan iborat) Chilonzor tumani hokimligi tasarrufiga topshirgan.

Hokimlikka bunday beg‘araz sovg‘alar poytaxt hokimligiga mashina berilishidan boshlangandi. Fuqaro Ziyoda Latipova o‘ziga tegishli MERCEDES BENZ S500 HYBRID rusumli mashinasini Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga ixtiyoriy ravishda beg‘araz (tekinga) bergan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring