Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ikkinchi urinish»: BMT Bosh assambleyasi ko‘pchilik ovoz bilan aksilrossiya rezolyusiyasini qabul qildi

«Ikkinchi urinish»: BMT Bosh assambleyasi ko‘pchilik ovoz bilan aksilrossiya rezolyusiyasini qabul qildi

Foto: TASS

BMT Bosh assambleyasi bir oy ichida ikkinchi marta ko‘pchilik ovoz bilan Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga qarshi rezolyusiyani qabul qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Yangi rezolyusiya uchun 140 mamlakat ovoz berdi, Rossiyaning ittifoqchilari o‘sha-o‘sha: Belarus, KXDR, Suriya va Eritreya.

38 mamlakat, jumladan, Xitoy — betaraf.

Bugun, 24-mart kuni qabul qilingan rezolyusiyada Rossiyadan jangovar harakatlarni darhol to‘xtatish talab qilingan hamda Rossiyaning bostirib kirishi «xalqaro hamjamiyat Yevropada bir necha o‘n yillardan buyon guvoh bo‘lmagan» gumanitar inqirozga olib kelgani aytilgan.

Ushbu rezolyusiya loyihasi Ukraina hamda uni qo‘llab-quvvatlayotgan bir nechta G‘arb mamlakatlari tomonidan kiritilgan.

Rossiyani urushni to‘xtatishga chorlagan birinchi rezolyusiyani BMT Bosh assambleyasi 2-mart kuni qabul qilgandi. O‘shanda 141 mamlakat rezolyusiyani yoqlab, 5 mamlakat, jumladan, Rossiya, qarshi ovoz bergandi.

BMT BA rezolyusiyasi, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyusiyasidan farqli o‘laroq, bajarilishi majburiy emas, biroq aksariyat ko‘pchilik mamlakatlar ovoz berishi sababli ma’naviy-siyosiy ahamiyat kasb etadi. BMT Xavfsizlik kengashida esa doimiy a’zo sifatida veto huquqiga ega Rossiya, tabiiyki, o‘ziga nomaqbul rezolyusiyalar uchun ovoz bermaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring