Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkinchi jahon urushi faxriysi uyida hashar o‘tkazildi

Ikkinchi jahon urushi faxriysi uyida hashar o‘tkazildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ikkinchi jahon urushi faxriysi 94 yoshli Abdulla ota Taziyev Toshkent shahri Mirobod tumani Oltinko‘l mahallasida istiqomat qiladi. Uning ko‘ksini to‘lirgan ordenu medallar janggohlardagi jasoratidan darak. Abdulla ota urushga safarbar etilganda 17 yoshda edi. Urush faxriysi Ukrainaning Xarkov, Poltova, Kremenchug shaharlarida, Rossiyaning Voronej shahrida, Serbiya poytaxti Belgraddagi janglarda tengsiz jasorat ko‘rsatib, askar unvonidan katta leytenant unvonigacha, o‘qchi lavozimidan vzvod komandiri lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Urush tugagach, 50 yildan oshiqroq vaqt mobaynida ta’lim muassasalarida jismoniy tayyorgarlik fanidan dars berdi. Bugungi kunda otaxon el ardog‘ida. Mahalla-kuy, do‘st va yaqinlar e’zozida. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism ofitser va askarlari urush faxriysi bilan suhbatlashar ekan, urush dahshatlari, raketa-yu snaryadlar ostida qolib, vayronaga aylangan shahar-qishloqlar ko‘z oldida gavdalandi. Bugungi tinch va farovon kunlar katta yo‘qotish va qiyinchilik evaziga kelganligiga yana bir bor amin bo‘lishdi.Askar mehmonlar xonadon egasining uy-ho‘jalik ishlariga yordam berdi. Tunuka ayvon bo‘yaldi. Tomorqa yer o‘t-o‘lanlardan tozalandi. Daraxtlar butalib, devorlar oqlandi. Qisqa fursat ichida yon-atrof saranjon-sarishta bo‘ldi. Harbiy qism komandirining o‘rinbosari mayor Aziz Ravshanov urush faxriysi Abdulla otani 9 may – «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan yaqin kunlarda harbiy qismda tashkil etiladigan bayramona konsert dasturiga taklif etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring