Zangiotada «ikkinchi» guruh qo‘lga olindi
Toshkent viloyati hududida jinoyatchilikni jilovlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan «Xavfsiz hudud» keng qamrovli, tezkor profilaktik tadbirlari davom etmoqda.
Avvalroq, ushbu tadbirning bir nechta natijalari, xususan, Zangiota tumanida bir guruh ekstremistik oqim a’zolari ushlangan haqida xabar berilgan va holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilgandi.
Aniqlangan ma’lumotlar asosida kuni kecha Toshkent viloyati Zangiota tumanida navbatdagi «Xavfsiz hudud» tezkor tadbiri tashkil etildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirda viloyat prokuraturasi, DXX va IIBB xodimlari ishtirok etib, yashirin ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan «ikkinchi» guruh shaxslar ushlandi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Shuningdek, viloyat bo‘yicha o‘tayotgan «Xavfsiz hudud» profilaktik tadbirlari davomida, «qidiruv», «yonida tig‘li jism olib yurish», «belgilangan karantin va «Pasport-viza» qoidalarini buzish», «jamoat joyida spirtli ichimlik iste’mol qilish», «bezorilik» va «noqonuniy ov quroli saqlash» kabi bir nechta holatlar aniqlanib, belgilangan tartibda choralar ko‘rilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter