Ikki yillik tanaffusdan so‘ng «Air Manas» aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarini qayta tikladi
Uzoq tanaffusdan so‘ng, Qirg‘izistonning «Air Manas» aviakompaniyasi bugun, 4-mart kuni Bishkek – Toshkent – Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshirdi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» matbuot xizmati xabar berdi.
4-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:05 da «Air Manas» aviakompaniyasining samolyoti Toshkent aeroportiga qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi. Oradan bir soat o‘tib, soat 11:15 da samolyot bortida 144 nafar yo‘lovchi bilan Toshkent – Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketdi, deyiladi xabarda.
Mart oyi davomida parvozlar dushanba va juma kunlari charter asosida amalga oshiriladi. Yozgi jadvalga o‘tish munosabati bilan «Air Manas» aviakompaniyasi Bishkek – Toshkent – Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarga o‘tishga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz: «Air Manas» aviakompaniyasi O‘zbekistonga deyarli ikki yil davomida parvoz qilmagan — 2020-yilda pandemiya sababli parvozlar to‘xtatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter