Ikki oy shifoxonada ishlab kelgan otani hatto qizi ham tanimadi
Xitoyning Guychjou provinsiyasida 3 yoshli qizaloq otasi — Uxanda uzoq vaqt xizmat safarida bo‘lgan tibbiyot xodimi Van Bensyueni tanimadi. Bu haqda «AsiaOne» xabar berdi.
Bensyue yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashda qatnashib, fevraldan beri uyiga kelmagandi. Uxanda u 21 nafar bemorga g‘amxo‘rlik qildi. Ikki oy zo‘riqib mehnat qilgandan so‘ng 39 yoshli tibbiyot xodimining soch-soqoli butunlay oqarib ketdi.
Guychjouga qaytgandan so‘ng Bensyue ostonadan 3 yoshli qizini chaqirdi. Nima qilishini bilmay qolgan qizcha uning yoniga kelib: «Siz kimsiz?» dedi. Soch-soqoli oqarib ketgan odamning otasi ekanligini tanib olishi uchun unga bir necha daqiqa kerak bo‘ldi. Shundan keyingina otasining bo‘ynidan quchib oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter