Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud ikki marta «Oskar» sohibini ko‘chirmakash deb topdi

Sud ikki marta «Oskar» sohibini ko‘chirmakash deb topdi

«Qahramon» filmidan kadr

Eron sudi rejissyor Asqar Farhodiy ustidan hukm chiqardi. Kinoijodkor «Qahramon» filmining syujetida o‘z sobiq talabasi — Ozoda Masihzodaning «All Winners All Losers» («Barcha g‘oliblar, barcha mag‘lublar») hujjatli asaridan foydalangan, deb topildi.

Asqar Farhodiy

«The Hollywood Reporter» xabar berishicha, rejissyor mualliflik huquqlarini buzish va hujjatli kinodagi asosiy elementlar plagiatida ayblangan. Sud arz qilish huquqisiz hukm chiqardi, biroq qanday jazo tayinlangani hozircha noma’lum. Farhodiy sobiq shogirdiga film namoyishidan tushgan barcha foydani berishiga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, qamalishi ham mumkin.

«Qahramon» filmi premera namoyishi 2021-yili Kann kinofestivalida bo‘lib o‘tgandi. «Oltin palma yaprog‘i»ga nominatsiyasi qo‘yilgan ushbu kinoasar yakunda jyuri Gran-prisi hamda Fransua Shale mukofotini qo‘lga kiritgan, jahon prokatida 2,5 million dollar ishlagandi.

Asqar Farhodiy — eronlik eng taniqli kinorejissyorlardan biri. U suratga olgan «Nodir va Siminning ajrashishi» (2011) va «Kommivoyajer» (2017) filmlari chet tilidagi eng yaxshi film nominatsiyasida «Oskar»ga sazovor bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring