Ikki kunda uchinchi qurbon: koronavirusga chalingan buxorolik ayol vafot etdi
Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan M.S. koronavirus infeksiyasida gumonlanib, joriy yil 21 iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasidan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan.
SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, semizlik 3-darajasi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi. Nafas yetishmovchiligi 3-daraja» tashxisi bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Bemor (ayol) bundan avval, so‘nggi 8 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, arterial gipertoniya, yurak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli Buxoro viloyatidagi shifokorlarimiz bilan bir qatorda mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislarining ham nazoratida bo‘lib, ular ishtirokida konsiliumlar o‘tkazib kelingan.
Biroq mutaxassislarimizning standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, 28 iyun kuni koronavirus infeksiyasi qayd etilgan ikki bemor vafot etgan edi.
Bu O‘zbekistonda qayd etilgan 23-o‘lim holatidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter