Ikki kun. Ikki Neksiya. Ikki velosiped. Va yana qurbonlar
2020-yil 15-avgust kuni soat 10:20 larda Yangiyer shahar hududidan o‘tgan 4R-196A avtomobil yo‘lining 2 km.da fojia yuz berdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Fuqaro Sh.A. o‘z boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotib o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda velosipedda harakatlanib ketayotgan fuqaro N.G‘.ni urib yuborgan.
Natijada fuqaro N.G‘. olgan tan jarohatlarining og‘irligidan voqea joyida vafot etgan.
Ikki kun avval ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida Neksiya velosipedni urib yuborgani, natijada ikki nafar bola hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter