Ikki hokim va bir vazir Tataristonga bordi
17-18 may kunlari Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov va boshqa mutasaddilardan tashkil topgan o‘zbek delegatsiyasining Tatariston poytaxti Qozon shahriga tashrifi amalga oshirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur tashrifning maqsadi o‘zaro tajriba almashish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, shaharsozlik, arxitektura, obodonlashtirish, jamoat transporti tizimini o‘rganish, shuningdek, Qozondagi ijtimoiy va infratuzilma ob’yektlari bilan tanishishdan iborat.
Tashrif davomida o‘zbek delegatsiyasining Qozon meri Ilsur Metshin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.
Shuningdek, delegatsiya Gorkinsko-Ometevskiy o‘rmon bog‘ini, Tatariston Respublikasi Milliy kutubxonasini, «Oq gullar» bulvarini, «Uram» ekstremal bog‘ini, «Art Citi» uy-joy majmuasini, Nijniy Kaban ko‘lini ta’lim, sport va boshqa ob’yektlarni ko‘zdan kechirishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter