Ikki ayol to‘rt nafar «o‘lja»si bilan qo‘lga tushdi
Toshkent viloyati IIBB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish tezkor xodimlari tomonidan 2020-yilning 10-fevral kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Tezkor tadbirlarda Moskvada yaxshi maosh to‘lanadigan ish topib berishni va’da qilib, yo‘l xarajatlarini o‘z hisobidan qoplagan holda olib ketishni aytib, ularni fohishalik bilan shug‘ullantirishni maqsad qilgan «Dilafruz» va «Umida 19-25 yosh oralig‘idagi turli viloyatlardan bo‘lgan 4 nafar ayol-qizlarni, Namangan xalqaro aeroportidan «Namangan-Moskva» aviareysi orqali Moskva shahriga olib ketayotgan vaqtida ushlangan.
O‘tkazilgan surishtiruv davomida o‘zini «Dilafruz» deb tanishtirgan shaxs – Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi 1981 yilda R.M., sherigi «Umida – Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan U.N. ekanligi aniqlanadi.
Shuningdek, tadbir davomida U.N. o‘zi ishlab kelayotgan ayollar go‘zallik saloniga kelgan yosh va ko‘rinishi chiroyli qizlarni yaxshi daromad orttirish bilan qiziqtirib, R.M. bilan tanishtirib kelganligi va buning evaziga undan o‘z ulushini olib kelganligi, R.M. esa 2019-yildan buyon Moskva shahrida olib borilgan qizlarga ijtimoiy tarmoqlar orqali jinsiy aloqa qilishlari uchun mijoz topish bilan shug‘ullanib, moddiy daromad orttirib kelayotganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter