Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijtimoiy tarmoqdagi izohlar uchun OAV javobgar emas — Komil Allamjonov

Ijtimoiy tarmoqdagi izohlar uchun OAV javobgar emas — Komil Allamjonov

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov bugun "turli platformalar va ijtimoiy tarmoqlarda post joylashtiruvchi blogerlar o‘z materiallari ostida qoldiriladigan sharh va izohlar uchun javobgar emas"ligini aytgan.

Kecha Allamjonov rasmiy bayonot bilan chiqib, OAV tarmoqlardagi postlari tagiga yozilgan kommentlar uchun o‘zlari javob berishini aytgandi. Bu esa ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgandi.

Noroziliklarga oydinlik kiritish uchun Komil Allamjonov kechaning o‘zida soat 21:00 da AOKAda jurnalist va blogerlar uchun shoshilinch yig‘ilish o‘tkazib, kechagi tushunmovchilik bo‘yicha tushuntirish bergan.

"Bugungi tushunmovchilikdan kelib chiqib shuni aytamanki, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, internet saytlar, shuningdek, turli platformalar va ijtimoiy tarmoqlarda post joylashtiruvchi blogerlar o‘z materiallari ostida qoldiriladigan sharh va izohlar uchun javobgar emaslar", deb yozgan AOKA rahbari bugungi bayonotida.

Ammo amaldorning fikricha, AOKA va boshqa har qanday tashkilot yoki fuqaro biror nojo‘ya izohni o‘chirishni so‘rab, rasmiy ogohlantirish xati yuborsa va tahririyat yoki bloger ogohlantirish olgandan so‘ng ham izoh o‘chirilmasa, javobgarlik kelib chiqadi va masala hattoki sudda ko‘rilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring