IIV yana uch nafar kamerunlikni qo‘lga oldi
Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, ayni vaqtda jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan yana 3 kamerunlik qo‘lga olingan.
«Agar siz suratlarda ko‘rsatilgan shaxslarning jinoiy harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga yoki «102» raqami hamda IIV tergov departamentining (71) 231-30-97, (71) 231-36-22, (71) 233-65-34 yoki IIV jinoyat qidiruv bosh boshqarmasining (71) 231-34-33 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz», deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi tergov departamenti Kamerun fuqarolari bo‘lgan va O‘zbekistonda firibgarliklar amalga oshirganlikda ayblanayotgan 4 kishining suratini e’lon qilgandi. Ushbu kimsalarning jinoyatlaridan jabr ko‘rganlardan ichki ishlar vazirligining tegishli telefon raqamlari orqali bog‘lanish so‘ralgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter