IIV xodimini o‘ldirib, yoqib yuborgan shaxslarga nisbatan sud hukmi o‘qildi
2022 yilning 29 sentyabr kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi boshqarmasining tezkor xodimi o‘zaro kelishmovchilik oqibatida bir guruh shaxslar tomonidan o‘ldirilgan. Qotillikdan keyin jasad yoqib yuborilib, so‘ng Chirchiq daryosiga tashlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi uch nafar shaxsga nisbatan hukm chiqardi.
- JKning 28, 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishda ishtirokchilik) 2-qismi «p» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 1987 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi 23 yil;
- JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «i,p» bandlari, 164-moddasi (bosqinchilik) 4-qismi «a» bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 1986 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi 24 yil;
- JKning 97-moddasi 2-qismi «i,p» bandlari va 164-moddasi 4-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 1984 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi 24 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi va o‘ta xavfli retsidivist deb topildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter