Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV vaziri: «Endi eskichasiga ishlab bo‘lmaydi. Kabinetda o‘tirib buyruqbozlik qilish zamoni o‘tdi»

IIV vaziri: «Endi eskichasiga ishlab bo‘lmaydi. Kabinetda o‘tirib buyruqbozlik qilish zamoni o‘tdi»

Foto: Ichki ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov «Hurriyat» gazetasiga intervyu berdi. Ushbu suhbatda tizimdagi islohotlar, o‘zgarishlarga yuz tutayotgan IIV va hokazo masalalar o‘rin egallagan. Vazir jumladan tizimdagi kadrlar masalasi, ularga qo‘yilayotgan talablarga alohida to‘xtalgan. 

«Endi eskichasiga ishlab bo‘lmaydi. Kabinetda o‘tirib buyruqbozlik qilish zamoni o‘tdi. Rahbar xalqning ichida bo‘lishi, uning dardu tashvishini yaxshi o‘rganishi, o‘z dardu tashvishi deb bilishi lozim. Bu borada Yurtboshimizdan o‘rnak olishimiz kerak. Boshqalarga «boshchilik qilaman» degan odam izlanuvchan, tashabbuskor, talabchan bo‘lishi, kezi kelganda g‘amxo‘rlikni ham o‘rniga qo‘yishi, sohaga innovatsion yondashishi, yangicha fikrlashi lozim. Ana shu talablarga javob bera olmaydigan rahbarlar bilan «xayrlashyapmiz». Qolaversa, yosh kadrlarga ishonch bildiryapmiz. Ammo ishni eplolmasa, ularni ham ayab o‘tirmaymiz» deydi Po‘lat Bobojonov.

Shuningdek, vazirning aytishicha, jinoyatchilik darajasi respublika miqyosida kamayib bormoqda. Joriy yilning to‘rt oyi davomida 12935 ta jinoyat ishi tergov qilingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2722 ta, ya’ni 17,4 foizga kam demakdir. Bunday natijaga olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar tufaylierishildi. Shundan 9414 ta jinoyat ishi tamomlangan, 6113 tasi sudga, jumladan yarashuv qaroriga asosan 870 ta, amnistiya aktiga asosan esa 41 ta jinoyat ishi sudga yuborilgan.

3301 ta jinoyat ishi tugatildi. To‘xtatilgan jinoyat ishlari 616 tani tashkil etdi. Fuqarolar, davlat, tashkilot va muassasalarga yetkazilgan zararning 87,5 foizi dastlabki tergov jarayonida qoplangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring