Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB «ko‘cha»ga aloqador yana bir shaxsni ushladi

IIBB «ko‘cha»ga aloqador yana bir shaxsni ushladi

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Toshkent shahar IIBB tomonidan «Dolzarb qirq kunlik» doirasida o‘tkazilayotgan tergov-tezkor harakatlar davomida yana bir nechta shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.

Shular jumlasidan, 1985-y.t. Buzrukov Buzruk Akmalovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4-dekabr  kuni ham IIBB bir guruh «ko‘cha bolalari» ushlanganini e’lon qilgandi. Unda avval Farg‘onada «Baxti Tashkentskiy»ga  yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgan D.X.X. ushlangani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring