Iftorlik payti uchun 5 ta tibbiy tavsiya
Birozdan so‘ng Ramazon oyining yana bir kuni yakuniga yetadi va iftorlik qilish vaqti kiradi. Shu munosabat bilan iftorlik vaqti uchun beshta tibbiy tavsiya e’lon qilindi.
1. Bir stakan suv ichib, iftorlik ovqatini yemay, bir necha daqiqa kutib turish.
2. Asosiy ovqatni yemasdan oldin salatlardan tanovul qilish. O‘zingizni biroz to‘ygandek his qilsangiz, o‘n daqiqa kuting-da, so‘ngra ovqat yeyishni davom ettiring.
3. Iftorlik taomini shoshmasdan, ohista yeyish. Shunda hazm jarayoni mukammal bo‘lib, qorin shishishining oldi olinadi.
4. Iftorlikni yeb bo‘lgan zahoti shirinlik yemaslik. Chunki bu ham hazmni qiyinlashtiradi. Shirinlikni asosiy taomdan bir necha soat keyin yegan yaxshi.
5. Iftorlik bilan saharlik orasida 1,5 yoki 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Shunda tanangiz kun davomida yo‘qotgan suyuqlikning o‘rnini to‘ldirib oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter