Shavkat Mirziyoyev bugun Namanganga boradi
Bugun Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, davlat rahbari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechiradi va yirik energetika obyektlari qurilishini boshlab beradi, mahallalar hayoti bilan tanishadi.
Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab beriladi.
Bundan tashqari, tashrif doirasida iftorlik dasturxoni yozilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter