«Iflos bombalar» sabab Ukrainadagi ikkita yadroviy inshoot tekshiriladi
Tekshiruv o‘tkazish haqidagi so‘rovni Ukraina tomoni Rossiyaning «iflos bombalar» haqidagi bayonotlaridan so‘ng berdi.
Rossiyaning Kiyev «iflos bomba bilan provokatsiya uyushtirish» reja qilayotgani haqidagi bayonotlaridan so‘ng Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) Ukrainadagi ikkita yadroviy inshootda mustaqil tekshiruv o‘tkazadi.
Tekshirish talabi Ukraina tomoni tomonidan berilgan, deya qayd etadi XAEA.
Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbari Rafael Grossining aytishicha, inspektorlar har qanday «yadroviy materialning yo‘naltirilishi»ni aniqlash uchun ushbu ob’yektlarda mustaqil tekshiruvlar o‘tkazadilar.
Shuningdek, agentlik bir oy oldin ikki ob’yektdan biri tekshirilgani va hech qanday deklaratsiya qilinmagan yadroviy faoliyat yoki materiallar topilmaganini tasdiqladi.
Avvalroq Vladimir Putin «iflos bomba» masalasida Sergey Shoygu (Rossiya mudofaa vaziri)ga xorijlik hamkasblariga qo‘ng‘iroq qilib, ularni potensial xavfdan ogohlantirishni buyurgani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter