Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpog‘istondagi «samosud» yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpog‘istondagi «samosud» yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

Foto: «Facebook/Uzbekvideo»

Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanidagi Shabboz bozorida o‘g‘rilikda gumon qilingan shaxs qo‘lidan osib qo‘yilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgani haqida xabar bergan edik. Ichki ishlar vazirligi  sodir bo‘lgan voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi:

«2018-yilning 2-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanidagi «Shobboz» haftalik dehqon bozorida o‘g‘rilikda gumonlangan shaxsning arqon bilan qo‘llaridan bozor kirish darvozasi ustuniga osib qo‘yilgan holati videosi tarqatilganligi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, holat shu yilning 1-avgust kuni soat 6.00lar atrofida fuqaro U.A. tomonidan sodir etilgani ko‘rsatilgan.

Fuqaro U.A. bozor hududida savdo qiluvchi odamlar tomonidan o‘g‘irlik sodir etganlikda shubhalanib, ushlab turilgan fuqaro D.N.ni qo‘llarini arqon bilan bog‘lab, bozorning kirish darvozasi ustuniga osib, fuqaro D.N.ning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini kamsituvchi harakatlar sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro U.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229-moddasi (O‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fuqaro D.N.ning o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan yoki etmaganligi tergovda aniqlik kiritiladi va bu haqda tergov yakuniga ko‘ra qo‘shimcha axborot beriladi», deyiladi vazirlik axborotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring