Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vaziri so‘nggi olti oyda qancha odam Toshkentga doimiy propiska qilinganini aytdi

Ichki ishlar vaziri so‘nggi olti oyda qancha odam Toshkentga doimiy propiska qilinganini aytdi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga 15,5 ming nafar fuqaro doimiy yashash uchun ro‘yxatga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov ma’lum qilgan.

Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov inson huquqlari buzilishining oldini olish, gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarga nisbatan zo‘ravonlik va shafqatsizlikning har qanday ko‘rinishlariga mutlaqo chek qo‘yish e’tiborda ekanini ta’kidladi.

Vazirning ma’lum qilishicha, joriy yilning o‘tgan davrda Prezident farmoniga asosan 381 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida doimiy yashash ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan fuqarolarning qariyb 15,5 ming nafari ro‘yxatga olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring