Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vaziri saylovda qancha mahbus qatnashayotganini ma’lum qildi

Ichki ishlar vaziri saylovda qancha mahbus qatnashayotganini ma’lum qildi

Foto: Xabar.uz

Markaziy saylov kommisiyasi matbuot markazida Po‘lat Bobojonov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu prezidentlik saylovlarida uncha og‘ir bo‘lmagan va ijtimoiy xavfi kam bo‘lgan jazoni o‘tovchi mahbuslar ham ishtirok etmoqda.

Po‘lat Bobojonovning ma’lum qilinishicha, xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilgan.

Bu yilgi prezidentlik saylovida ham birinchi marta yengilroq yoki ijtimoiy og‘irroq jinoyatlar uchun jazo o‘tayotgan mahkumlar qatnashadi.

Xususan, hozirda 8203 nafar saylovchilar jazoni ijro etish muassasalarida ovoz berish huquqiga ega. Saylov qonunchiligiga binoan, saylovdan 60 kun oldin ovoz berishiga ruxsat berish uchun jami 18 ta saylov uchastkasi tuzilgan.

«Nomzodlar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ushbu saylov jarayonlarida ishtirok etish huquqiga ega va ularga to‘siqsiz yo‘l qo‘yiladi», - deydi vazir.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring