Ichki ishlar vaziri o‘zi o‘qigan maktabga bordi
Bugun, 11-dekabr kuni ertalab Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Bog‘ot tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga bordi. Uni qarshilaganlarga vazir ushbu maskanda o‘qib, o‘rta ma’lumotga ega bo‘lganini e’tirof qildi.
Sinfxonalarni ko‘zdan kechirgan vazir maktab o‘quvchilari bilan iliq muloqot ham qilgan va ularning yaratilgan sharoitlardan unumli foydalangan holda yaxshi o‘qishga undagan.
— P.Bobojonov 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga o‘z nomidan 200 ta badiiy kitob va 1 ta komyuter majmuasini sovg‘a qildi, - deydi Xorazm viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamro Bektemirov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter