Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Madina Muxtorovaning o‘g‘li bilan bog‘liq vaziyatni nazoratga oldi
Aktrisa Madina Muxtorovaning kenja o‘g‘li bilan bog‘liq vaziyat O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Ravshan Jo‘rayev tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
«Internet tarmog‘ida tarqagan videoda, o‘smir bola akasi tomonidan kaltaklanayotgani va uyning yerto‘lasida saqlanayotganligi haqida gapirgan.
Ma’lum qilamizki, ushbu fakt O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor R.Jo‘rayev tomonidan nazoratga olindi, hozirgi vaqtda Yunusobod tumani IIO FMB tergov oldi surishtiruvi o‘tkazmoqda.
Bundan tashqari, 3-yanvar kuni soat 19.15dan 20.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent shahar IIBBga uch nafar ayollardan biri o‘zini Saodat Abduzokirova deb tanishtirib, o‘smirga tan shikastlari yetkazilgan fakti bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilishni talab qildi. S.Abduzokirova bilan Toshkent shahar IIBB qoshidagi Tergov boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik V.Tolibjonov va Tashkiliy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Alimovlar suhbatlashdilar. Ular mazkur holat bo‘yicha tergov oldi tekshiruvi olib borilayotganligini ma’lum qilishdi.
Ushbu holat ijtimoiy rezonansga sabab bo‘lganligi sababli, 4-yanvar kuni soat 12.00 da Yunusobod tumani IIO FMB 7-son ichki ishlar bo‘limida jurnalist va blogerlar uchun brifing o‘tkaziladi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter