Ibratli oilalarga xorijga yo‘llanmalar berildi

Bugun, 22-noyabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasida «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan «Ibratli oila» respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Ibratli oila» tanlovining respublika bosqichiga hududlardan 14 ta oilaning hujjatlari taqdim etildi. Yakunlovchi bosqichda har bir viloyatdan kelgan g‘olib oilalar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar. Ularga «Oila»markazi hamda hamkor tashkilotlarning maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.
1, 2, 3-uchinchi o‘rinni olgan ibratli oilalarga esa qimmatbaho sovg‘alar bilan birgalikda Misr Arab respublikasining Sharm-Al-Shayx shahriga ikki kishilik sayohat uchun yo‘llanmalar topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter