Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi INHA universitetida «IBM Technology Academy» bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahridagi  INHA universitetida «IBM Technology Academy» bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahridagi INHA universiteti.

Foto: «Spot.uz»

Shu yilning 15–16-mart kunlari Toshkent shahridagi  INHA universitetida «IBM Technology Academy» bo‘lib o‘tadi. Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qo‘llab-quvvatlashi ostida, Toshkent shahridagi  INHA universiteti va RRC kompaniyasi bilan hamkorlikda IBM kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladi. Bu haqda «InfoCOM.UZ» xabar berdi.

Mazkur tadbir zamonaviy axborot texnologiyalariga bag‘ishlanadi. Dasturda taqdimotlardan tashqari, jonli namoyishlar va amaliy mashg‘ulotlar ham rejalashtirilgan. Bu yerda IBM kompaniyasi mahsulotlari va yechimlarini o‘zida mujassamlashtirgan zamonaviy texnologiyalarning ayrimlarida mustaqil ishlab ko‘rish imkoni bo‘ladi.

«IBM Technology Academy»da aniq bir yo‘nalish bo‘yicha minimal tushunchaga ega qatnashchilar uchun ham, IT-professionallar va rahbarlar uchun ham sodda va chuqurlashtirilgan ma’ruzalar taqdim etiladi.

Tadbirda qatnashish uchun mazkur havola orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring