Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IBM kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha universitetida innovatsion markaz tashkil etishi mumkin

IBM kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha universitetida innovatsion markaz tashkil etishi mumkin

IBM delegatsiyasi.

Foto: «Inha.uz»

IBM kompaniyasining MDH davlatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy direktori Boris Martinov, IBMning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari O‘ktam Irgashev va IBMning servis bo‘yicha maslahatchisi Aleksandr Kostindan iborat delegatsiya Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.

2017-yilning oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda IBM kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot tashabbusi, davlat boshqaruvi va ijtimoiy sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashgandi. Mazkur hujjat doirasida IBM kompaniyasi bilan ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirilgan.

Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif davomida IBM delegatsiyasi axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasi faoliyati, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Shuningdek, IBM vakillari “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi to‘g‘risida ma’lumot olishdi.

Uchrashuv davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti va IBM kompaniyasi vakillari IBM o‘quv dasturlari asosida O‘zbekiston yoshlarini o‘qitish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Boris Martinovning qayd qilishicha,  IBM kompaniyasi turli xil tijorat yechimlarini tatbiq etish bilan birga, talabalar va o‘qituvchilar bilan ishlashga ham jiddiy e’tibor qaratadi. U AKT vazirligi va IBM kompaniyasi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida bir qator innovatsiya markazlarini, jumladan, Toshkent shahridagi Inha universitetida ham shunday markaz tashkil etish taklif etilganligini qayd etib o‘tdi.

Muzokaralar davomida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring